uzhayot | Sana: Воскресенье, 09.05.2010, 22:59 | Xabar # 1 |
Рядовой
Maqom: Администраторы
Xabar: 19
Xulqi: 100
Xozir forumchi: Offline
| Muhammad- Britaniyadagi eng mashhur ikkinchi ism. Agar Muhammad isnmini ingliz tilida yozishini 14 shaklani jamlaganda, o`tgan yili 5991 chaqaloqqa ushbu nom berilgan, eng ko`p berilayotgan nomlar orasida Tomasni uchinchi o`ringa, Joshua va Oliver nomlarini yana pastga tushirgan. Tadqiqotchilarning bildirishlaricha, musulmonlar uchun muborak ismni mashhurligi sababi - tobora ko`proq musulmon yoshlar oila qurmoqdalar va Payg`ambarimiz Muhammad sharafiga o`g`illarini Muhammad dep atamoqdalar. Musulmon ota-onalar o`zlarining diniga yoki Payg`ambarga bog`liqliklarini namoish etishni hush ko`radilar. Britaniyaning Milliy Statistika Idorasi Muhammad ismining 14 shaklida yozilishini jamlaganda, eng mashura nomlar orasida ikkinchi o`rinni egallagan. Agar mashhurlik shu darajada o`sishni davom etsa (o`tgan yili o`sish 12% tashkil etgan), ism shu yil ohirida eng mashhur nomlar orasida birinchi o`rinni egallaydi. U ilk bor 2000 yilda eng mashhur 30 nom ro`yhatiga kirgan. Britaniya oilalarini qayerdan ekanligi va talaffuz qilishiga bog`liq holda Muhammad ismini lotin harflarida turlicha shaklda yozishadi. Muhammad ismi arab tilida eng ko`p hamd aytuvchimanosini anglatip, ko`pincha bolalarni asl ismidan oldingi sharafli ism sifatida qo`yiladi. Jahonda bu ism eng ko`p tarqalgan ism hisoblanadi. London shimoliy g`arbidagi Finchley maschiding sobiq imomi Abdul Barokatullohni aytishicha, o`g`ilinig ismi Muhammad bo`lgan ota-onalar bu ism bolaning shahsiyatiga va kelajakda ijobiy ta`sirga ega bo`lishiga ishonadilar. Britaniyada musulmonlar aholining 3%, qariyb 1,5 million kishini tashkil etadi. Biroq musulmonlar orasida tug`ilish musulmon bo`lmaganlarga nisbatan 3 baravar ko`p. 2006 yil musulmon oilalarida dunyoga kelgan qizaloqlar orasida eng mashhur usm - Aisha (Oisha) bo`lipti. Bu ism jamiy ismlar orasida 110chi o`rinda.
|
|
|
У вас |