Мой сайт
[ Новые сообщения · Участники · Правила форума · Поиск · RSS ]
Страница 1 из 11
Форум » PORTAL VA FORUM » Portal va forum » Forum qoidalari
Forum qoidalari
Image by FlamingText.com
uzhayotSana: Воскресенье, 09.05.2010, 23:24 | Xabar # 1
Рядовой
Maqom: Администраторы
Xabar: 19
Xulqi: 100
Xozir forumchi: Offline
Forumining umumiy qoidalari:

Forum administrasiyasi tomonidan Ta’qiqlanadi

1. Forumda takroriy mavzular ochish. - Yangi mavzu ochishdan oldin, Forumda bunaqa mavzu ochilgan-ochilmaganligini qarab ko’ring (Search funkciyasidan foydalaning). Takroriy mavzular ogohlantirishsiz olib tashlanadi.
2. Flood/Offtop qilish ta’qiqlanadi. - Bu Warning bilan jazolanadi. Takroriy Warninglar Userning Ban olishiga sabab bo’ladi. Savolga javobingiz bo’lmasa, mavzu bo’yicha foydali gapingiz bo’lmasa, bozor (flood) qilmang!
3. Bir xil mazmundagi mavzuni Forumning har xil bo’limlarida ochish ta’qiqlanadi. Mavzu nomini faqat bosh harflar bilan yozish ta’qiqlanadi.
4. Copy/ Paste qilish ta’qiqlanadi. Mavzularda chet manba’lardan copy-paste qilish mumkin emas. Siz chet manba’ matnlarini “Quote” funksiyasini ishlatgan holda, manba’ nomini keltirib Forumda yozishingiz va albatta unga o’z fikringizni bildirishingiz mumkin. O’z fikringizni yozmasdan chet manba’ matnini keltirish flood hisoblanadi.
5. Haqorat qilish, so’kinish v.h. – Forumning boshqa a’zolarini, suhbatdoshlarni haqoratlash, ularning milliy va diniy hislarini haqoratlash, forumda so’kinish, kurakda turmaydigan gaplarni ishlatish qat’iy ta’qiqlanadi. Bu Warning, qo’pol holatlarda Ban bilan jazolanadi.
6. Matnda har xil razmerdagi yozuvdan, faqat bosh harflardan, 3 tadan ortiq rangdan, (qizil rangdan faqat hodimlargina foydalanishadilar) me’yoridan ortiq Smilikdan foydalanish va matnni o’qishni qiyinlashtiradigan shu kabi boshqa harakatlar qilish ta’qiqlanadi.
7. Etika normalariga to’g’ri kelmaydigan, pornografik, intim xarakterga ega bo’lgan text, audio-video va grafik materiallardan Forumda foydalanish yoki shunaqa websaytlarga Link berish va saytlarni reklama qilish ta’qiqlanadi.
8. Forumda bahs-munozaralar, fikr almashuv O’zbek, Rus va Ingliz tillarida olib boriladi. Boshqa tillardagi bahslar Tillar Sahifasida qilinishi mumkin. Ikkita tilni bir matn ichida bir-biriga qorishtirib ishlatish tilga nisbatan hurmatsizlik hisoblanadi va qat'iyan qoralanadi!
9. Forum administrasiyasining (Administrator va Moderatorlar) ishlarini har xil mavzularda muhokama qilish ta’qiqlanadi. Siz ularning harakatidan norozi bo’lgan taqdiringizda, ularga fikr va tanqidlaringizni bildirib PM yoki Shaxsiy xonalariga yozishingiz mumkin.
10. Forum qoidalarini buzish Warning bilan, so’ngra Ban bilan jazolanadi. Forum qoidalarini bilmaslik forum a’zosini javobgarlikdan ozod etolmaydi. Shuning uchun qoidalarni diqqat bilan o’rganib chiqing.

Doimo tavsiya etiladi

1. "Forum Yangiliklari" funksiyasidan foydalanish;
2. Mavzu ochishda mavzu nomini yaxshilab, qiziqish uyg’otadigan qilib tuzish;
3. Provakasion ruhda bo’lmagan Avatar tanlash (Intim, haqoratomuz va bema’ni xarakterga ega bo’lmagan);
4. Shaxsiyatga tegadigan gaplardan saqlanish;
5. 4 tadan ortiq smilikdan foydalanmaslik;

Forum nomidan rahmat aytiladi:

1. Forum qoidalariga rioya qilgan forum a’zolariga;
2. Forum administrasiyasining iltimos va talablarini inobatga olgan forum a’zolariga;
3. Forumda o’zaro hurmatni saqlagan forum a’zolariga.

Forum Qonun-qoidalari hamma uchun bir! Iltimos Bizning Qoidalarni Xurmat qiling!

Cheksiz Xurmat ila UzHayot.Ucoz.Com Portali Mamuriyati!

Keyinchalik Forum qonun-qoidalariga Mamuriyat o'zgartirishlar kiritishligi mumkin.</span>

 
У вас
Форум » PORTAL VA FORUM » Portal va forum » Forum qoidalari
Страница 1 из 11
Поиск:

Copyright MyCorp © 2017
Сделать бесплатный сайт с uCoz