Мой сайт
MENYULAR
    BOSH SAHIFA

    ISLOMIY SAHIFA

    TV VA RADIO

    FORUM

    CHAT  

    MP3 BO'LIM

    RASMALBOM

    ONLINE UYINLAR

    TEKIN QO'NG'IROQ

    MEHMON KITOBI

    UPLOAD

BO"LIMLAR
  O'zbek kino
  Hind kino

  Islomiy

  Photoshop darslar

  Multiklar

 Jangari

  Konsertlar

  Kulgili

  Mo'jizali

  Yangiliklar

  Qo'rqinchli

  Sarguzashli

  Hujjatli

  Tarihiy

  Seriallar

  Sport

  Engilis tili kurslari

  Dasturlar

  Har-Hil

  Fotogalereya


UZBEKISTON SMS




SMS HAZILLAR
Alovuddin chirog''ini bir kun ishqalabdi.....? ikki kun ishqalabdi...? Oxiri chiroqda yozuv paydo bo''ldi: "Made in China"
Men seni figurangni yonib sevaman! bu dunyoda tonib sevaman! muzdakkina labing labimga tegsa? yanayam jo''shib sevaman hayotim lazzatli "CoCa Cola"
AYOL KISHI MISOLI, SOYA -ORQASIDAN YURSANG, SENDAN QOCHADI,QOCHSANG KETINGDAN CHOPADI....


Bir kuni tulki bog'irsoni tutib olib Bo'g'irso man sani yiman degan ekan, shunda bo'g'irso o' harip qanaqa Bo'g'irso man tipratikanman armiyaga ketvomman hozir sartaroshdan kevomman depti.
Har kimki pora bersa baho topgusidir,Har kimki pul bermasa rosa chopgusidur.Dars qilganlar eshitmagay yaxshi gap hargiz,Har kimki puli ko''p bo''lsa zachot yopgusidur.
Puling tugadimi do''stim ayt SMS yozishdan qayt . PaYNeTdan pul tashavor shu payt SMS yozasan lyuboy payt
Fil chumolilani inini buzib ketibdi,bundan jahllari chiqqan chumolilar filning ustiga chiqib olishibdi,fil bir silkingan ekan hamma chumolilar pastga tushib ketishibdi ,faqat bitta chumoli filning bo'ynida osilib qolibdi.SHunda pastdagi chumolilar filning bo'ynida osilib turgan chumoliga qarab: -Bo'ynidan bo'g' Dermish
ADMINISTRACIYA





ANTI VIRUS
Sayt faollari
oooooooooo
KIRISH



Ochiq chehralik



                                                           
                                                           
Qovog’i soliq do’stlarimizga..



Hayot tashvishlarimiz ko’p. Charchaganmiz. Lekin o’zgalarga qovoq solib, zahrimizni sochishimiz bizning yumushlarimiz, hayot tashvishlarimizni biroz bo’lsada engillatib, ozaytirarmi?! Do’stim, qadrdoningni ko’rganda uni yuzingda tabassum bilan qarshi ol! Payg’ambarimiz s.a.v. aytganlaridek: "Birodaringni ochiq chehra bilan qarshi olishing ham sadaqa (qilgan hisobiga o’tar).” (Imom al-Buxoriy rivoyati).

Sadaqa qilganlik savobi beriladigan tabassum qanday tabassum?

Bu kabi savobga qanday erishish mumkin?

Ushbu savollarga javob topishdan oldin inson qiyofasida zohir bo’ladigan tabassum turlarini bir-biridan ajratib olsak.

1- Xursandchilik tabassumi. Bu inson ishi yurishib, omadi kelganda yuzida paydo bo’ladigan hayotdan mamnunlik belgisi.

2- Istehzoli tabassum. Bu inson "do’stining” muvaffaqiyatsizlikka uchrayotgani, ishi ortga ketayotganini ko’rib yuzida paydo bo’ladigan ma’noli kulgi.

3- Munofiqona tabassum. Bu inson ko’zlagan ba’zi bir dunyoviy maqsadlariga erishish uchun yuzida majburan paydo bo’ladigan kulgi.

4- Qo’rquv, xavf-xatar tabassumi. Bu inson biron bir zarar yetib qolishidan xavfsirab yoki qilib qo’ygan biron bir aybini bekitish maqsadida yuzida qo’rquvdan paydo bo’ladigan kulgi.

5- Devonacha tabassum. Bu inson o’zini aqliy boshqara olmay qolgan holatda paydo bo’ladigan kulgi.

6- Biron bir qiziqarli voqea, hodisa to’grisida yoki biron bir hajviya eshitganda inson yuzida paydo bo’ladigan oddiy, sodda kulgi.

7- Do’stlik tabassumi. Bu bir musulmonning do’stini ko’rganda dilida unga nisbatan bo’lgan muhabbati jo’sh urib, qalbi yorishib yuzida paydo bo’ladigan samimiy kulgi. Huddi mana shu tabassum to’g’risida hadisda bayon qilingan. Bu tabassum xolis, samimiy tabassumdir. Demak, kishi mazkur tabassum bilan birodari qalbiga yo’l topar ekan, huddi shuningdek uning qovoq solib, yuzini burishtirishi ham birodari nafratiga sabab bo’ladi. Bu kabi tabassum kishi asablaridagi taranglikni yumshatib, uning hayot tashvihslarini osongina yengib o’tadigan nekbin inson bo’lishiga yordam beradi.




Hayo libosi





E’tiqodi yo’qning hayosi yo’q!


Hayo insondagi buyuk bir fazilat bo’lib, u har lahza insonni insoniylik sha’niga noloyiq ishlardan qaytarib turadi. Payg’ambarimiz s.a.v. dedilar: "Hayo faqatgina yaxshilik keltirar.” Shuningdek, rasululloh s.a.v. hayo imon-e’tiqodning ajralmas bir bo’lagi ekanining xabarini berdilar.

Abu Hurayra r.a.dan rivoyat qilinadi, rasulululoh s.a.v. dedilar: "Imon-e’tiqod oltmish (ba’zi rivoyatlarda etmish) dan ortiq qismdan iboratki, uning eng oily darajsi "La ilaha illalloh” kalimasi bo’lsa, quyi darajasi (odamlar yuradigan) yo’ldan (ularga) ozor etkazadigan narsalarni olib tashlash (bilan bo’ladi). Hayo ham imonning bir bo’lagidir.” (Imom al-Buxoriy, Imom Muslim va boshqa muhaddislar rivoyati)

Rasululloh s.a.v. (bir kuni) bir kishining birodarining hayoli, uyatchanligi uchun unga dashnom berayotganligining ustidan chiqib qoldilar. Shunda unga "Uni tinch qo’y! Hayo-bu imonning bir bo’lagi! ” degan edilar. Yuqoridagi hadislar hayoning buyuk fazilat ekaniga yetarli asosdir.

Ibn al-Qayyim bu borada quyidagi fikrlarni bildirgan: "Hayo so’zi arab tilida "hayat”-tiriklik, harakat so’zidan yasalgan. Shu bois qalbning hayotiylik darajasi hayoning undagi o’rni, quvvatiga qarab belgilanadi: hayoning kamligi-bu qalb va ruhning o’likligidan nishona. Qalb tirik bo’lishi uchun hayo mukammal bo’lmog’i lozim. Hayo bu shunday fazilatki, u insonni behayo ishlarni qilishiga monelik qilib, birovning haqqini urib qolishiga to’sqinliklik qiladi.”

Hayo odatda ikki xil bo’ladi:

1.Banda va xudo o’rtasidagi hayo;

2.Odamlar o’rtasidagi hayo;

Banda va xudo o’rtasidagi hayo-bu bandaning Rabbisi ko’z o’ngida Uning buyruqlariga teskari ish qilishi, unga osiylik qilishidan uyalishi, hayo qilishidir. Ushbu tur hayoni payg’ambarimiz s.a.v. quyidagicha bayon qiladilar: "U zotdan chinakamiga uyaling! Ular (sahobalar) biz ham hayo qilayotirmiz, deyishdi. U zot s.a.v. sizning hayoyingiz bo’lmaydi (yaramaydi). Alloh taolodan chinakamiga hayo qiladigan kishi boshi va aqlu ongini, qorni va havoyi nafsini jilovlab, muhofaza qila oladi, o’lim va (boshiga tushgan) falokatni doimo yodida tutadi. Oxiratni degan kishi dunyo ziynatiga ko’ngil bermaydi. Mana shu ishlarni qila oladigan kishi chinakamiga Alloh taolodan uyaladigan, hayo qiladigan kishidir.” (Imom at-Termiziy rivoyati)

Rasululloh s.a.v. banda va xudo o’rtasidagi hayoni mana shu uslubda bayon qildilar, uning ba’zi bir jihatlarini ko’rsatib o’tdilar: demak, bu- tanasidagi a’zolarning gunoh ish qilishidan tiyish, o’lim haqligini eslab turish, dunyoga ko’ngil bermaslik, oxirat ishlari qolib dunyo ortidan quvib, uning lazzatlari bilan ovora bo’lib qolishdan ehtiyot bo’lishdir. Odamlar o’rtasidagi hayo kishini insoniylik sha’niga noloyiq ishlarni qilib qo’yishdan qaytarib turadi. Shu bois kishi odamlarning uni biron bir gunoh, noloyiq bir ish ustida ko’rib qolishini o’zi uchun ayb deb biladi. Bu kabi hayo kishini beodob, behayo bo’lishining oldini oladi. Alloh taolodan chinakamiga uyalgan kihsi esa har bir holatda-odamlar orasida bo’ladimi yoki yolg’iz qolgandami-Alloh man qilgan ishlarni qilmas. Bu esa Alloh taoloni tanishdan, uning ulug’vorligi, salobatini anglab yetishdan, bandasining oshkora-yu maxfiy ishlaridan ogoh ekanligini butun vujudi bilan his qilishdan hosil bo’lgan bandalik hayosidir. Mana shu hayo imon-e’tiqodning ajralmas bir bo’lagi. Odamlarning o’zaro o’rtalaridagi hayo kishini yomon hatti-harakat va yomon xulqdan uzoq bo’lishga-og’zi buzuq, chaqimchi, benomus, axloqsiz bo’lishiga, gunoh va behayo ishlarni bemalol qilishiga yo’l bermaydi. Bandaning Rabbisidan qilgan hayosi esa uni ichki, maxfiy, sirli, ma’naviy buzuqlikdan tiyilishiga sabab bo’ladi. Demak, Rabbisidan hayo qilmay odamlardan hayo qiladigan kishi chinakam imon-e’tiqodi bo’lmagan hayoli kishidir. Rasululloh s.a.v. bunday deganlar: "Odamlarning mendan oldingi payg’ambarlarning aytgan gaplari (keltirgan xabarlari) dan idrok qilib olganlari: uyalmasang, bilganingni qilaver, bo’ldi.”(Imom al-Buxoriy rivoyati)

Hayosi yo’q kishi ko’ngli tusagan ishga qo’l urishi mumkin. Sahoba Salmon al-Forsiy r.a. bunday deganlar: "Alloh taolo qaysi bir bandasini (uning qilgan ishi sabab) halok qilishni iroda etgan bo’lsa, undan avval hayo libosini yechib olar. Shunda u yoqimsiz kishi bo’lib qoladi. Bunday yoqimsiz kishidan keyingi galda sadoqat, rostgo’ylik libosini yechib olar. Endi u xoin, sotqinga aylanib qoladi. Keyin bunday xoin, sotqindan rahm-shafqat libosini tortib olar. Endi u toshbag’ir inson bo’lib qolar. Keyin bunday bag’rioshdan imon libosini echib olarki, endi u bamisoli la’nati shayton bo’lib qolar.” Ibn Abbos r.a. bunday deganlar: "Hayo va imon-e’tiqod ikkisi bamisoli egizakdir. Biridan mahrum bo’lgan kishi ikkinchisidan ham ajralib qolishi muqarrar.” Yuqoridagi hadislardan shu narsa ma’lum bo’ladiki, kimda-kim hayo libosidan mahrum bo’lsa, u haromdan tap tortmaydigan, qilayotgan manfur ishlarini xayrli deb hisoblaydigan, gunoh ish qilishdan qo’rqmaydigan bo’lib qoladi. Qilayotgan razilligi bilan faxrlanadi. "Rabbilaridan g’oibona qo’rqadigan kishilar katta-katta ajru mukofot sohibidirlar. Siz oshkarami, maxfiymi gapiravering!… Shubhasiz, U qalbdagini biluvchi zotdir. Ey, U zot lutfu karam sohibi, (barcha narsadan) ogoh zot bo’lsa, yaratib qo’yganini (juda yaxshi) biladi!”(Mulk surasi 14 oyat)







"...bizdan emas!"dan qo'rqaylik.


UZCINEMA


"G’ishsh"(aldamchilik, yolg'on, firibgarlik, qalloblik, laqillatish, o'zganing haqqini yeyish va hokozolar), uning ta'rifi, ko'rinishlari va zararlari.


Alloh taologa hamdu sano, Rasuliga va u zotning oila ahli va sahobalariga durudu salovatlar bo'lsin!

Alloh taolo Qur'on Karimning bir qancha o'rinlarida firibgarlik, qalloblik, aldamchilikni qattiq qoralagan va ushbu sifatga ega kishilarga "Vayl" (jahannamdagi vodiy nomi) ni va'da qilgan. "O'zlariga tortib olganda to'la-to'kis tortib olib, uni o'zgalarga tortib berganda esa tarozidan urib qoladigan kishilarga vayl bo'lsin!”.(Al- Mutoffifin:1-3).

Bu tarozidan urib qoluvchilar holi. Odamlar haqqini yeydigan, ularni laqillatib molini umaradiganlar ahvoli ne kechar ekan?!

Shuayb a.s. ham o'z qavmini bu kabi illatdan qaytargani Qur'onda aytib o'tilgan. Rasululloh s.a.v. ham bu kabi ishni qattiq qoralaganlar. U zot bir kuni uyib qo'yilgan oziq- ovqat oldidan o'tib qolib, qo'llarini uning orasiga tiqib ko'rsalar, ichi nam ekan. Shunda sotuvchidan , bu nimasi?, deb so'radilar. U Ey Allohning rasuli, yomg'ir suvi tushib namiqib qolibdi, dedi. U zot namiqqanini odamlarga ko'rinarli qilib qo'ymadingmi?! Kim bizni laqillatmoqchi bo'lsa, u bizdan emas, dedilar. (Imom Muslim rivoyati) Rasululloh s.a.v. ning "bizdan emas", deya baho berganlari bu kabi illat naqadar xatarli, jirkanch ekanini bildiradi. Bundan ko'ra og'irroq jazo yo’q. "g’ishsh" so’zi ta'rifi: Al- Munaviy fikricha, "g’ishsh"- bu oppoq narsa ustiga tushgan qop-qora dogdir. Al- Kufiy ta'rificha, "g’ishsh" bu qalbdagi dog, yuzdagi tundlik bo'lib, bu hasad va kin mevasidir. Ko'rinishlari:

1) Oldi-sottidagi firibgarlik, qallobliklar. Bu hozirgi davrimizning dolzarb masalasi bo'lib, sotuvchining tovar aybini bekitishga urinishi, mol vazn va sifatidagi kamchiliklarni oshkor qilmasligi kabilardir. Bunda batafsil tuxtamoqchimiz:

a) Ba'zi bir mevafurishlarning idish ustiga eng sara mevalarni terib qo’yib, idish tagiga sifati past mevalarni solib qo’yishi, bu bilan esa oluvchining idish sara mevalar bilan to’la ekan deb xulosa chiqarib, aldanib qolishiga sabab bo’lishi yoki sotuvchining mevalarni bargi bilan q’oshib sotishi;

b ) Ba’zi sotuvchilarning shisha idish tagiga sifati past yog’ solib, ustini yuqori sifatli moy bilan to’ldirib qo’yishi;

c) Ba’zi sotuvchilarning molni yengil idishda sotib olib, og’ir idishda sotishi;

d) Ba’zi kiyimfurushlarning deffektli molni amallab epaqiga keltirib, keyin uni deffekti bor mol ekanini aytmay turib sotib yuborishi;

e) Ba’zilarni kiyimni bir–ikki kun kiyib, keyin esa uni kiyilmagan kiyim, yap-yangi deb sotib yuborishi;

f) Ba’zilarning esa molni nam joyga tashlab qo’yib, u namiqib vazn olgach sotib yuborish;

g) Ba’zilarning do’konini qoramtir nur beruvchi chiroqlar bilan bezab, bu bilan molidagi kamchilikni bekitishga urinishi;

h) Ba’zilarning oltinga kumushni aralashtirib, sof oltin narxida sotib yuborish;

i ) Ba’zilarning ishlatilgan oltin buyumni yangi oltin buyumi narxida sotib yuborish;

j) Ba’zi mashinafurushlarning o’ta yomon holatdagi mashinani u yoq-bu yog’ini ta’mirlab, uncha eski bo’lmagan mashinadek ko’rsatib, aldab sotib yuborish;

k) Ba’zilarning anchagina yurib qo’ygan mashinaning kilometr hisoblagich raqamini orqaga qaytarib sotib yuborish;

l ) Ba’zilarning mashinasining nozik ayblarini bila turib, uni aytmay oluvchida ishonch uyg’otish maqsadida xohlasangiz, mashinani sinab ko’rishingiz mumkin, deb qasam ichib aldashga urinish;

m) Ba’zilarning mashinasidagi haqiqiy aybini bekitish maqsadida undagi arzimas, kichik ayblarni aytib, o’zini diyonatli, insofli ko’rsatmoqchi bo’lib mashinasini sotishga harakat qilishi ;

n) Ba’zilarning mashinasining narxini ko’tarish, qimmatroq narxda sotish maqsadida, bitta- yarimta tanishi bilan mashinani so’rab kelganlar oldida mashinani so’rab kelgan kishi bo’lib mashina narxini ko’tarishi xususida til biriktirib olishi;

o) Ba’zi qassoblarning mol yoki qo’yni semiz, to’la ko’rsatish maqsadida turli yo’llar bilan: qornini damlatib, shishirib yoki terisiga havo to’ldirib bozorga olib chiqishi;

p) Ba’zilarning esa sigiruning yelinli, ko’p sut beradigan qilib ko’rsatish maqsadida uni uch- to’rt kun sog’masdan yelinini shu yo’l bilan shishirib bozorga olib chiqishi;

2) Uylanish yoki turmushga chiqish (qizni turmushga uzatish) dagi qallobliklar:

a) Ba'zilarning qizidagi ba'zi bir kasallik, xastalikni, ayb-nuqsonini bekitib turmushga uzatishi;

 

 Ba'zilarning qizining uchrashuvga turli xil bo’yuq chaplab, sun’iy husn berib olib chiqishi;

c) Ba'zilarning o’zini boy qilib ko’rsatish maqsadida ijaraga qimmatbaho kiyim va mashina olib uchrashuvga chiqishi va shu yul bilan qizga uylanishi;

d) Ba'zilarning uchrashuvga chiqqan qiz yoki o’g’ilni ularda yo’q sifatlar bilan maqtab, ko’klarga ko'tarib quda tomonga qiziqish uyg’otishi;

e) Ba'zilarning yoshi o’tib qolgan qizini turli sun’iy yo’llar orqali yoshartirib turmushga uzatishi;

3) Musulmonning birodari bilan munosabatidagi qallobliklar: Bu asosan musulmon kishida samimiyatning yo’qligi, dunyoviy maqsadlarini birodarlik rishtalaridan ustun qo’yishi bilan hosil bo’ladi. Birodarining gunoh ish qilayotganini, boshiga g’am-tashvish tushganda, azob chekayotganini ko’rib quvonadi. Zero, musulmon- birodarining bamisoli ko’zgusi: inson ko’zguga nazar tashlab, o’zidagi kamchiliklarni to’g’rilab oladi. Buning uchun ko’zgu sof, shaffof bo’lmog’i lozim. Samimiyat-bu birodariga ozor yetkazmaslik, sirini saqlash, unga yetadigan zararning oldini olish, o’ziga ravo ko’rganini unga ham ravo ko’rish, o’zidan yoshi katta bo’lganlarining hurmatini joyiga qo’yish, kichiklarini izzat qilish, birodari hojatini chiqarishda qo’lidan kelgancha yordam berish va hokozolar bilan amalga oshiriladi. Abu al- Qosim at-Tabaroniy sahoba Jarir ibn Abdulloh al- Bajliy r.a. dan rivoyat qiladilar, bir kuni Jarir ibn Abdulloh g’ulomlaridan biriga bozordan ot sotib olib kelishni buyurdi. Xizmatkor otni uch yuz dirhamga savdolashib, pulini berish uchun ot va ot egasini Jarir hovlisiga boshlab keldi. Jarir otni ko’rib oting uch yuz dirhamdan qimmatrog’iga arziydi, unga to’rt yuz dirham bersam maylimi?, dedi. Ot egasi Abu Abdulloh, ixtiyoring!, dedi. Shunda Jarir yana oldingi gapini qaytarib, har safar yuz dirhamdan qo’shib boraverdi va oxiri otni sakkiz yuz dirhamga sotib oldi. Otning egasi undan bu ishining sababini so’raganda, u men rasululloh s.a.v. ga har bitta musulmon birodarim bilan samimiy munosabatda bo’laman, deya bay’at berganman!, deb javob bergan. Ana samimiyat!…





Robbimizga yoqadigan ishlar



UZCINEMA

Alloh taolo yaxshi ko’radigan ishlardan xabardormisiz?

Yakkayu yolg’iz iloh - Alloh taologa hamdu sano, payg’ambarimiz Muhammad s.a.v ga durudi salavotlar bo’lsin! Alloh taolo boshqalariga nisbatan ko’proq yoqtiradigan ishlar, hatti- harakat, joy, vaqt va hokazolar haqida so’zlamoqchimiz:

1. Mushkirona e’tiqodlardan xoli e’tiqod. Payg’ambarimiz s.a.v.dedilar: "Alloh taolo eng yaxshi ko’radigan din - (mushrikona e’tiqodlardan xoli) sof e’tiqoddir.” (Imom Ahmad rivoyati) 

2. Namoz o’qish, ota- onaga mehr- muruvvat ko’rsatish va Alloh yo’lida jihod qilish. Payg’ambarimiz s.a.v. dedilar: "Alloh taolo eng yaxshi ko’radigan ishlar (eng avval) namozni o’z vaqtida o’qish, undan keyingisi ota-onaga mehr-muruvvat ko’rsatish, so’ngisi Alloh yo’lida jihod qilishdir.” (Imom al-Buxoriy va Imom Muslim rivoyatlari)

3. Imon keltirish, qarindosh- urug’chilik aloqalarini mustahkamlash, Alloh taolo buyurgan ishlarga targ’ib qilish va Alloh taolo ta’qiqlagan ishlardan qaytarish. Payg’ambarimiz s.a.v. dedilar: "Alloh taolo eng yaxshi ko’radigan ishlar (eng avvali)U zot (ning borligi va birligi)ga imon keltirish, undan keyingisi qarindosh-urug’chilik aloqalarini mustahkamlash, so’ngisi Alloh taolo buyurgan ishlarga targ’ib qilish va Alloh taolo qaytargan ishlardan qaytarish.” (Abu Ya’lo rivoyati)

4. Muntazam savob ish qilib turish (erta-yu kech Alloh taolo itoatida bo’lish). Payg’ambarimiz s.a.v. dedilar: "Alloh taolo eng yaxshi ko’radigan ish oz ( kichkina, kam) bo’lsada muntazam qilinadigan savob ishdir.” ( Imom al-Buxoriy va Imom Muslim rivoyatlari )

5. Alloh taoloni (tilu dil bilan mudom) zikr qilish. Payg’ambarimiz s.a.v. dedilar: "Alloh taolo eng yaxshi ko’radigan ish- o’lguningcha tiling U zot zikrida bo’lishidir.” (Imom at- Tabaroniy rivoyati)  

6. Masjidlar. Payg’ambarimiz s.a.v. dedilar: "Shaharda Alloh taolo eng yaxshi ko’radigan joy undagi masjidlaridir. Yomon ko’radigani bozorlaridir.” (Imom Muslim rivoyati)  

8. Rost (chin, yolg’on aralashmagan) so’z. Payg’ambarimiz s.a.v. dedilar: "Men eng yaxshi ko’radigan so’z- rost (chin, yolg’on aralashmagan) so’zdir.”  

9. Dovud a.s. o’qigan va tutgan nafl namoz va ro’zalar kabi namoz o’qish va ro’za tutish. Payg’ambarimiz s.a.v. dedilar: "Alloh taolo eng yaxshi ko’radigan ro’za- Dovud a.s. ro’zasi: u kishi bir kun ro’za tutsalar ertasi kuni og’izlari ochiq bo’lardi. Alloh taolo eng yaxshi ko’radigan namoz- Dovud a.s. namozi bo’lib, kechaning yarmini uxlab, uchdan birini ibodatda o’tkazar va qolgan oltidan bir qismida yana uxlardilar.” (Imom al-Buxoriy va Imom Muslim rivoyatlari)

10. Ko’pchilik bilan baham ko’rilgan ovqat. Payg’ambarimiz s.a.v. dedilar: „Alloh taolo eng yaxshi ko’radigan taom- ko’pchilik bilan baham ko’riladigan taomdir." (Ibn Hibbon rivoyati)

11."Subhanallohi va bihamdih" deb zikr qilish. Payg’ambarimiz s.a.v.dedilar: „Alloh taolo eng yaxshi ko’radigan kalom bandasining „Subhanallohi va bihamdih" deya zikr qilishidir." (Imom Muslim rivoyati)  

12."Subhanalloh val-hamdu lillah vala ilaha illallohu vallohu akbar" deb zikr qilish. Payg’ambarimiz s.a.v. dedilar: „Alloh taolo eng yaxshi ko’radigan zikr to’rttadir: „Subhanalloh val-hamdu lillah vala ilaha illallohu vallohu akbar" (mazkur zikrlarning) qay biridan boshlashning zarari yo’q." (Imom Muslim rivoyati)  

13. Ko’rkam xulq, axloq- odob egasi bo’lish. Payg’ambarimiz s.a.v.dedilar: „Alloh taolo eng yaxshi ko’radigan banda- eng ko’rkam ahloq- odob egasi bo’lgan bandadir." (Imom at- Tabaroniy rivoyati)  

14."Abdulloh","Adurrahmon" kabi ism qo’yish. Payg’ambarimiz s.a.v. dedilar: „Alloh taolo eng yaxshi ko’radigan ism- "Abdulloh","Abdurrahmon" kabi ismlardir." (Imom Muslim rivoyati)  

15. Odamlarga biron bir nafi tegishi, musulmonlarning ko’nglini ko’tarib xursand qilishi, g’am- tashvishlarini biroz bo’lsada yengillatishga harakat qilishi, qarzdorning qarzini uzishiga yordamlashishi, ochni to’ydirishi va hokazolar. Payg’ambarimiz s.a.v.dedilar: "Alloh taolo eng yaxshi ko’radigan inson-odamlarga ko’proq nafi tegadigan insondir. Shuningdek, Alloh taolo eng yaxshi ko’radigan ish- musulmonni xursand qilishing, uning g’am- tashvishlarini yengillatishing, qarzini uzishiga yordamlashishing yoki qornini to’yg’azishingdir. Musulmon birodarim hojatini chiqarish yo’lidagi harakatim men uchun masjidda bir oy e’tikofda o’tirishimdan ko’ra yaxshiroq, ma’qulroqdir. Kimda-kim g’azabini tiya olsa, Alloh taolo uning (fosh bo’lib qolishdan xavfsiraydigan) sirini bekitadi. Kimda- kim g’azabini to’kib solishga qodir bo’la turib, uni yuta olsa, Alloh taolo qiyomatda uning qalbini mamnuniyat (xotirjamlik) to’yg’usi bilan limmo-lim qiladi. Kimda- kim birodari hojatini chiqarish yo’lida harakat qilib, uni amalga oshishiga sabab bo’lsa, Alloh taolo oyoqlari toyadigan Kunda uning oyoqlariga sabot berar. Sirka asal (sifati, ta’mi) ni buzganidek, badhulqlik ham savob ish (sifati) ni buzar.” (Ibn Abu ad-Dunyo rivoyati)






Ota-onang boshing uzra toj qilgin!








OTA-ONA HURMATINI JOYIGA QO’YISH, ULARNI E’ZOZLASH


Ota- ona hurmatini joyiga qo’yish, ularni e’zozlash Islom dinimizning negizlaridan birini tashkil qiladi. Bu Qur’oni Karimning bir necha o’rinlarida va hadisi shariflarda belgilab qo’yilgan. "Rabbing mendan boshqaga bandalik qilmangiz va ota- onaga ezgulik qilingiz, deb amr etdi: ulardan birlari yoki ikkovlari ham sening ko’z -o’ngingda qarilik yoshiga yetishgach, ularga "uf...” dema, ularni jerkima, ularga shirin so’zli bo’l! Ular (poyiga) ga mehr-muruvvat (tuyg’usi)dan iborat xokisorlik qanoti ostiga ol va ey rabbim, ular meni yoshligimda tarbiya etkanlari kabi ularga rahm- shavqat ko’rsat, deb iltijo qilgin!” (Al-Isro surasi, 23-24 oyatlar)

Abdulloh ibn Mas’ud r.a.dan rivoyat qilinadi, u kishi dedilar,"Men rasululloh s.a.v.dan qaysi ish Alloh taologa ko’proq yoqadi? , deb so’radim? Shunda u zot o’z vaqtida o’qilgan namoz , dedilar. Shunda men keyinchi, dedim. Ota- onaga ezgulik qilish, dedilar. Men yana keyinchi, deb so’radim. Alloh yo’lida jihod, deb javob berdilar.” (Imom al- Buxoriy rivoyati) Abdulloh ibn Amr r.a.dan rivoyat qilinadi, payg’ambarimiz s.a.v.:"Kishi ota- onasini haqorat qilishi gunohi azimdir, dedilar. Shunda (sahobalar) : Ey Allohning rasuli, odam ota- onasini ham haqorat qilishi mumkinmi? deyishdi. U zot albatta, bir kishi boshqa bir kishini otasidan suksa, o’zining otasini sukkandek, onasidan suksa, o’z onasini sukkandek bo’ladi, dedilar.” (Imom Muslim rivoyati) Amr ibn al- Os r.a.dan rivoyat qilinadi, rasululloh s.a.v.dedilar:"Ota rizosi - xudo rizosi, ota g’azabi – xudo g’azabi.” (Imom at- Termiziy rivoyati) Abu Hurayra r.a.dan rivoyat qilinadi, rasululloh s.a.v.ning huzurlariga bir kishi kelib "Ey Allohning rasuli, odamlar orasida yaxshi munosabatda bo’lishimga birinchi bo’lib eng haqli odam kim? deb so’radi: U zot onang dedilar. U keyinchi, dedi. U zot yana onang, deb javob berdilar. U yana keyinchi, dedi. Yana onang, deb javob berdilar. U undan keyinchi, deb so’radi. Shunda u zot otang, deb javob berdilar.” (Imom al- Buxoruy va Imom Muslim ruvoyati) Amr ibn al-Os r.a.dan rivoyat qilinadi, "Bir kishi rasululloh s.a.v. oldilariga kelib jihodga chiqishga izn so’radi. Shunda u zot ota- onang hayotmilar? , deb so’radilar. U ha, dedi. U zot unda o’shalarning xizmatini qil, dedilar.”(Imom al-Buxoriy va boshqa muhaddislar rivoyati) Rasululloh s.a.v.dedilar: "Eng katta gunoh to’g’risida xabar beraymi? Bular – Alloh taologa shirk keltirish va ota- onaning oq qilishidir.” (Imom al- Buxoriy va Imom Muslim rivoyatlari) Rasululloh s.a.v.dedilar: "Uch toifa kishiga qiyomat kuni Alloh taolo qiyo boqmas: ota- onasi oq qilganlar, ichkilikka ruju qo’yganlar va berganini minnat qiluvchilar.” (Imom an- Nasoiy rivoyati) Rasululloh s.a.v.dedilar: "Ota- onasi oq qilganlarga Allohning la’nati bo’lsin!” (Al- Hokim an- Naysoburiy rivoyati) Abu ad- Dardo r.a.dan rivoyat qilinadi, u kishi bunday dedilar, men rasululloh s.a.v.ning mana bunday deganlarini eshitganman: "Ota – (bamisoli) jannatning o’rta eshigi: xohlasang uni qo’ldan chiqaz, xohlasang uni mahkam ushla!”(Imom at- Termiziy rivoyati) Amr ibn Murra al- Juhaniy r.a.dan rivoyat qilinadi, bir kishi rasululloh s.a.v. huzurlariga kelib: "Ey Allohning rasuli, Alloh taolodan o’zga iloh yo’q ekanligi va siz Allohning payg’ambari ekanligingizga guvohlik berib besh vaqt namozimni o’qisam, moli dunyoyimning zakotini bersam va Ramazon oyi ro’zasini tutsam, bo’ldimi?, dedi. Shunda u zot s.a.v. kimni ota- onasi oq qilmagan bo’lsa, mazko’r aytilgan ishlarni qilib dunyodan o’tsa erta qiyomat kuni payg’ambarlar, siddiqlar va shahidlar bilan mana bu daraja yaqin bo’ladi, deb ikki barmoqlarini birlashtirib ko’rsatdilar.” (Imom Ahmad va Imom at- Tabaroniy rivoyatlari) Abu Hurayra r.a.dan rivoyat qilinadi, rasululloh s.a.v.dedilar: "Uch toifa kishining qilgan iltijosi (qarg’ishi) beshak qabuldir: nohaqlik ko’rgan kishining, musofirning va otaning o’z farzandini qarg’ashi.” (Imom at- Termiziy rivoyati) Abu Hurayra r.a.dan rivoyat qilinadi, rasululloh s.a.v.dedilar: "Ota- onaga oq bo’lishdan boshqa barcha gunohlarni- Alloh taolo o’zi xohlaganining jazosini qiyomat kuniga olib qolishi mumkin. Lekin bu gunohning jazosini kishi o’lmasdan oldin, hayotlik chog’ida berib qo’yadi.” (Imom an- Naysoburiy rivoyati) Muoviya ibn Johima r.a.dan rivoyat qilinadi, Johima r.a. kelib: "Ey Allohning rasuli, jangda ishtirok etishni xohlayman. (Bu borada) siz bilan maslahat qilish uchun keldim, dedi. Shunda rasululloh s.a.v. onang hayotmilar, dedilar. U ha, dedi. U zot (unda borib) xizmatlarini qilgin. Zero jannat- uning oyoglari ostidadir, dedilar.” (Imom an- Nasoiy rivoyati) Asmo binti Abu Bakr r.a.dan rivoyat qilinadi, u shunday xabar qiladi: "Menikiga mushrik onam (mehmon bo’lib) keldilar, shunda men rasululloh s.a.v.dan oldimga onam kelgandilar, u kishi bilan muomala qilsam bo’ladimi?, deb so’radim. U zot ha albatta, muomala qilaver, deb javob berdilar”. (Imom al-Buxoriy, Imom Muslim va Imom Abu Dovud rivoyatlari) Oyisha r.a.dan rivoyat qilinadi: "(Bir kuni) rasululloh s.a.v. huzurlariga bir kishi yonida bir qariya bilan kirib keldi. Shunda rasululloh s.a.v. ey falonchi, yoningdagi kishi kim bo’ladi, deb so’radilar. U otam bo’ladilar, dedi. Shunda u zot unda u kishidan oldinda yurma, undan oldin o’tirma, uni oti bilan chaqirma va uni haqorat qilma!, dedilar.”(Imom at-Tabaroniy rivoyati)









Odamiylik izidan










Musulmonlarga ozor yetkazish gunohi azim!


Rasulululloh s.a.v. yo’llardan ozor yetkazadigan narsalarni olib tashlash imon-e’tiqodning bir bo’lagi va jannatga kirishga sabab bo’luvchi xayrli ish ekanining xabarini berdilar. Zero yo’llarga yo’lovchilarga ozor beradigan narsalarni tashlab ketish gunohi azim, manfur ishdir. Abu Hurayra r.a.dan rivoyat qilinadi, rasulululoh s.a.v. dedilar: "Imon-e’tiqod oltmish (ba’zi rivoyatlarda etmish) dan ortiq qismdan iboratki, uning eng oily darajasi "La ilaha illalloh” kalimasi bo’lsa, quyi darajasi (odamlar yuradigan) yo’ldan (ularga) ozor etkazadigan narsalarni olib tashlash (bilan bo’ladi). Hayo ham imonning bir bo’lagidir.” (Imom al-Buxoriy, Imom Muslim va boshqa muhaddislar rivoyati)


Abu Hurayra r.a.dan rivoyat qilinadi, rasulululoh s.a.v. dedilar: "Ummatimning (umr davomida qiladigan) barcha yaxshi-yu yomon ishlari menga birma-bir ko’rsatildi. Men ular ichida yaxshi ish yo’llardan (yo’lovchilarga) ozor beradigan narsalarni olib tashlash va yomon ish ustiga u-bu narsa tashlab qo’yilmagan, masjidda tuflab ketilgan balg’am degan xulosaga keldim.” (Imom Muslim rivoyati) Abu Hurayra r.a.dan rivoyat qilinadi, rasulululoh s.a.v. dedilar: "Odamzot zimmasida (tanasidagi) har bir bo’g’im uchun sadaqa berish haqqi bor: quyoshli har bir kunda ikki kishi orasini isloh qilishing ham sadaqa! Biron bir kishiga yukini uloviga ortishiga yordamlashib yuborishing ham sadaqa (qilganlik savobiga erishasan)! (Ochiq chehra bilan) aytilgan shirin so’z ham sadaqa! Namoz o’qish yo’lida qo’yilgan har bir qadam ham sadaqa! Yo’ldan (yo’lovchilarga) ozor beruvchi narsalarni olib tashlash ham sadaqa!” (Imom al-Buxoriy va Imom Muslim rivoyati) Abu Hurayra r.a.dan rivoyat qilinadi, rasulululoh s.a.v. dedilar: "Kishi yo’lda ketayotib tikanli daraxt novdasiga duch kelib qolsa va uni yo’ldan olib tashlasa, Alloh taolo undan (uning bu ishidan) mamnun bo’lib, uning gunohini kechirar.” (Imom al-Buxoriy va Imom Muslim rivoyati) Rasulululoh s.a.v. dedilar: "Men jannatda bir kishining hayoti dunyoda musulmonlar yuradigan yo’ldan ularga ozor berib turgan, o’zi kesib tashlagan o’sha daraxt ostida u yoq-bu yoqqa to’ntarilib, rohatlanib yotganini ko’rdim.” (Imom Muslim rivoyati) Shuningdek, yo’llarga yo’lovchlarga ozor beruvchi narsalarni tashlab ketadigan kishilar xususida ham bir qancha hadislar rivoyat qilingan. Jumladan Abu Hurayra r.a.dan rivoyat qilinadi, rasulululoh s.a.v. dedilar: "Odamlar yuradigan yulga yoki ular dam oladigan soya-salqin joyga axlat tashlab ketadigan (Alloh taolo va odamlar) qarg’ishiga qoluvchi kishilardan biri bo’lib qolishdan hazr bo’ling!” (Imom Muslim rivoyati) Bugungi kunda bu kabi ishlar ba’zi kishilar uchun oddiy holga aylangan. Yo’llarda turib olib sigaret chekib, hamma yoqqa tuflab tashlash, yo’llarni qazigandan keyin uni shu holicha tashlab ketish, tosh, temir, shisha parchalarini uloqtirish kabilar har qadamda uchraydi. Bunda yo’lovchiga biron bir ozor yetib qolishi, ularni xatarga qo’yish bilan gunohga qolish hissi ko’pchilik kishilarning hatto xayoliga ham kelmaydi. Yo’l chetidagi xiyobonlarni axlatga to’ldirish, daraxt ostida yozilib, siyib ketish, mashina moyini oqizish, ovqat qoldiqlari, hayvon suyaklari kabi axlatlarni tashlab ketishlar… Qani imon? Qani diyonat? Qani Allohdan qo’rquv? Qani birodarlik hurmati? Yo’lda xorib-charchab kelayotgan kishi dam olish uchun daraxt soyasiga kelgach tosh, shisha parchalari, axlat, badbo’y hid kabi xunuk manzara ustidan chiqib qolsa, uning qalbidan nimalar o’tishi mumkin? Ko’ngli og’rib, bu kabi manzaraga sabab bo’lgan kishilarni qarg’amaydimi? Payg’ambarimiz s.a.v. birovga ozor yetkazish, zulm qilishdan ehtiyot bo’lishni, boshqa musulmonlarning ham huquqini hurmat qilishni uqtirmaganlarmi?! Mazlumning qarg’ishi Alloh huzurida beshak maqbul-ku?! Biz bundan qo’rqmaymizmi? Ba’zilar mashinasi tezligini oshirib haydab, bo’lar-bo’lmas signal chalib, yo'lovchilarni xatarga qo’yib ko’plab baxtsiz hodisalarga sabab bo’lmoqdalar. Hali voyaga etmagan yosh bolalarning mashina boshqarishni puxta egallamay turib, mashinalarni katta tezlikda haydab o’tishlarining guvohi bo’lmoqdamiz. Yana bir yetkizilayotgan ozor zaruratsiz, yo’lovchilar harakatiga halaqit berib, ko’zini nomahramlardan tiymasdan ko’cha o’rtasida turib olishdir. Abu Sa’iyd al-Xudriy r.a.dan rivoyat qilinadi, rasululloh s.a.v.: "Yo’l ustida turib olishdan hazr bo’ling! , dedilar. Ular (sahobalar) biz faqat gaplasgib turibmiz, xolos, deyishdi. Rasululloh s.a.v. unda "yo’l haqqi”ni bering, dedilar. Ular ey Allohning rasuli, bizga yo’l haqqi nimaligini o’rgating, deyishdi. Shunda u kishi yo’l o’rtasida turar bo’lsangiz ko’zingizni nomahramdan tiying, birovga ozor yetkazib qo’yishdan ehtiyot bo’ling, salomga alik oling, (bir biringizni) Alloh taolo buyurgan ishlarga targ’ib qilib, U zot man qilgan ishlarni qilmaslik lozimligini uqtiring! ,dedilar ” (Imom al-Buxoriy va Imom Muslim rivoyati) Demak, yuqorida aytilgan ishlarni qilgan kishigina yo’lda zarurat yuzasidan turishga haqli. Kimning ushbu ishlarni qilish qo’lidan kelmasa, yo’lda turib olishdan ehtiyot bo’lsin. Aks holda gunohkor bo’ladi. Uyi yo’l yoqasida bo’lgan xonadon rahbarlari oila a’zolarining bu kabi ish-yo’l ustida gapxoha qilmasliklarini nazorat qilishga mas’uldirlar. Shuningdek, yosh bolalarning ko’chada futbol, volleybol kabi o’yinlar o’ynab yo’lovchilarga halaqit bermasliklarini nazorat qilish, ularga bu kabi o’yinlarni chetroqda, stadionlarda o’ynash lozimligini tushuntirishlari zarur. "Yo’l haqqi”ga hozirgi paytda yo’l qoidasiga rioya qilish ham kiradi. Zero yo’l qoidasiga rioya qilmaslik-tezlikni oshirish, svetoforga qarab harakatlanmaslik, mashinani to’xtash mumkin bo’lmagan joyda to’xtatish, mashinani boshqara olmaydigan holatda (masalan, mudroq bosganda) boshqarish kabilar ko’ngilsiz hodisalarga sabab bo’lishi mumkin.





Qidiring
TV VA RADIO
ONLAYN TV
STAN TV

O'ZBEKISTON TV

YOSHLAR TV

MANAVIYAT TV

RBK TV

ISLAM TV

DANCE TV

RTR PLANETA

MTV

MTRK MIR

Sarguzashli

Hujjatli

Tarihiy

A'LO FM RADIOSI

TOSHKENT RADIOSI

YOSHLAR RADIOSI

O'ZBEGIM RADIOSI

Masha'l radiosi

O'zbekiston radiosi


Календарь
«  Март 2024  »
ПнВтСрЧтПтСбВс
    123
45678910
11121314151617
18192021222324
25262728293031
UZBEKISTON SMS




ISLOM OLAMI
SIZNING REKLAMA
BILIMLAR DUNYOSI
DASTURLAR
Block title
KNOPKALAR
тИЦ Devaka.ru
TwitterCounter for @devakaru
Rambler's Top100
Copyright MyCorp © 2024
Сделать бесплатный сайт с uCoz