Go‘zal
xulq fazilati va
yomon xulq mazammati
Olloh taolo o‘zining suyukli
Payg‘ambarini maqtab, u zotta bergan ulug‘ ne'matini shunday eslatadi:
«Albatta Siz ulug‘ xulq ustidadirsiz» (Qalam, 4). Oisha roziyallohu anho aytadi:
«Rasululloh solallohu alayhi vasallamning xulqi Qur'on edi» (Muslim
rivoyati).
Bir kishi Payg‘ambar alayhissalomdan go‘zal xulq haqida so‘radi.
Rasululloh ushbu oyatni o‘qidilar: «Afv-marhamatli bo‘ling, yaxshilikka
buyuring va johillardan yuz o‘giring!» (A'rof, 199).
Keyin dedilar: «Go‘zal xulq -
aloqani uzgan (qardoshing)ga bog‘lanmog‘ing, sendan qizg‘angan kishiga
bermog‘ing, senga zulm qilganni kechirmog‘ingdir» (Anas rivoyati).
Payg‘ambar alayhissalom
dedilar: «Men go‘zal xulqlarni kamoliga yetkazish uchun yuborildim».
Yana aytdilar: «Qiyomat kunida
mezonning taqvo va husni xulq turgan pallasi naqadar og‘ir bo‘ladi!»
(Abu Dovud, Termiziy rivoyatlari).
«Bir kishi Rasululloh ro‘paralariga kelib:
- Ey Ollohning rasuli, din
nima? deb so‘radi.
- Go‘zal xulq, dedilar.
U kishi sarvari olamning o‘ng
tomoniga o‘tib, yana savol qildi:
- Din nima, ey Ollohning rasuli?
- Go‘zal xulq, deb javob
berdilar. Keyin so‘l tomonlariga o‘tib, yana:
- Din nima, ey Ollohning
rasuli? deb so‘radi.
- Go‘zal xulq, dedilar Rasuli akram. So‘ng
orqalariga o‘tib:
- Ey Ollohning rasuli, din nima? deya qayta so‘radi. Payg‘ambar
alayhissalom u kishi tomon o‘grilib:
- Go‘zal xulq, (go‘zal xulq esa)
g‘azablanmasligingdir, endi tushundingmi?! dedilar» (Marvaziy rivoyati).
«Rasululloh
sollallohu alayhi vasallamdan so‘rashdi:
- Badbaxtlik nima, yo
Rasulalloh?
-
Yomon xulq! dedilar» (Imom Ahmad rivoyati).
«Bir kishi Rasululloh
sollallohu alayhi vasallamga:
- Menga nasihat qiling, dedi.
- Doimo Ollohdan qo‘rq!
dedilar.
-
Yana nasihat qiling, dedi u kishi.
- Yomonlikning izidan uni o‘chiradigan bir
yaxshilikni ergashtir!
- Yana nasihat qiling.
- Odamlarga go‘zal xulq bilan
muomala qil, dedilar Rasululloh sollallohu alayhi vasallam» (Termiziy
rivoyati).
Payg‘ambar alayhissalomdan so‘raldi:
- Amallarning afzali qaysi?
- Go‘zal xulq! dedilar.
Fuzayl ibn Iyoz aytadi:
«Payg‘ambar alayhissalomga:
- Falonchi ayol kunduzlari ro‘za tutadi, kechalari
bedor bo‘lib, namoz o‘qiydi. Biroq uning xulqi yomon: qo‘shnilariga tili
bilan aziyat yetkazadi, deyishdi.
Shunda Rasuli akram:
- Uning bu ishlarida xayr yo‘q.
U ayol jahannam ahlidandir, dedilar»
Abu Dardo dedi: «Rasulullohning shunday deganlarini
eshitdim; «(Qiyomatda) taroziga qo‘yiladigan narsalarning eng avvalgisi
go‘zal xulq va saxovatdir. Olloh taolo Iy-monni yaratdi. Shunda Iymon:
«Ey Ollohim, meni quvvatlantir» dedi. Olloh uni go‘zal xulq va saxovat
bilan quvvatlantirdi. Olloh taolo kufrni yaratdi. Shunda kufr: «Ey
Olloh, meni quvvatlantir» dedi. Olloh uni baxillik va yomon xulq bilan
quvvatlantirdi» (Hadisning boshqa rivoyati Abu Dovud va Termiziy
«Sunan»ida keltirilgan).
Payg‘ambar alayhissalom aytdilar: «Olloh bu dinni
O'zi uchun tanladi. (Ya'ni bu dinning har bir amali xolis Olloh uchun
bo‘lishi lozim.) Karam va go‘zal xulq bo‘lsagina Olloh diningizni isloh
qiladi. Bas, diningizni karam va go‘zal xulq bilan ziynatlang»
(Doruqtuniy rivoyati).
Payg‘ambar alayhissalom shunday dedilar: «Odamlarga
mollaringiz bilan emas, ochiq chehra va go‘zal xulq bilan yuzlaning»
(Bazzor rivoyati).
Rasuli akram aytdilar: «Sirka asalni buzgani kabi
yomon xulq amalni buzadi» (Ibn Hibbon rivoyati).
Barro ibn Ozibdan rivoyat
qilinadi: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam odamlar ichida chehrasi
va xulqi eng go‘zal inson edilar» (Xaroitiy rivoyati).
Abdulloh ibn Umar roziyallohu
anhudan rivoyat qilinadi: «Rasululloh ko‘p duo qilar va der edilar:
«Ollohim! Sendan sihhat, ofiyat va go‘zal xulq(berishing)ni so‘rayman»
(Xaroitiy rivoyati).
Payg‘ambar alayhissalomning shunday deganlari Abu
Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: «Mo‘minning saxovati -
uning dini, go‘zal xulqi - uning marta-basi, mardligi - uning aqlidir»
(Ibn Hibbon rivoyati).
Usoma ibn Shariykdan rivoyat qilinadi: «Rasuli
akramdan a'robiylar:
- Bandaga berilgan narsalarning eng yaxshisi nima?
deb so‘rashdi.
- Go‘zal xulq, dedilar Rasuli akram» (Ibn Moja rivoyati),
Payg‘ambar alayhissalom
aytdilar: «Sizlarning orangizda menga suyuklirog‘ingiz va Qiyomat kunida
menga yaqinroq bo‘ladiganingiz axloqi go‘zallaringizdir» (Ta-baroniy
rivoyati).
Ibn Abbos roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: «Rasululloh sollallohu
alayhi vasallam shunday dedilar: «Uchta xislat bor. Kimda o‘sha uchta
xislatdan bittasi bo‘lmasa ham qilgan amali hisobga o‘gmaydi. Bu -
Ollohga ma'siyat qilishdan to‘sadigan taqvo, ahmoqni jilovlaydigan
halimlik, odamlar orasida xushxulqlik» (Tabaroniy rivoyati).
Namozni boshlashlaridan avval
Rasuli akram shunday duo qilardilar: «Ollohim, meni go‘zal axloqqa
hidoyat qil. Sendan o‘zgasi meni chiroyli xulqqa hidoyat qilolmas.
Ollohim, yomon xulqni mendan uzoqlashtir. Sendan o‘zgasi bu ishni
qilolmas» (Muslim rivoyati).
Anas ibn Molik roziyallohu anhu deydi: «Bir kuni
Rasululloh bilan birga edik, dedilar: «Quyosh muzni eritgani kabi go‘zal
xulq ham gunohlarni eritib yo‘qotadi» (Tabaroniy rivoyati).
Payg‘ambar alayhissalom
aytdilar: «Go‘zal xulq er kishining saodatidir» (Bayhaqiy rivoyati).
Payg‘ambar alayhissalom Abu
Zarga dedilar: «Ey Abu Zar! (Bilgilki), tadbir kabi aql yo‘q, go‘zal
xulq kabi mavqe yo‘q» (Ibn Moja rivoyati).
Ummi Habiba Rasuli akramdan
so‘radi:
-
(Yo Rasulalloh), bir ayol ikki marta erga tekkan bo‘lsa, keyin u ayol
ham, ikkala er ham dunyodan o‘tsa va barchasi jannatga kirsa, ayol qaysi
erga tegishli bO'ladi?
- Dunyo hayotida qaysi erning xulqi go‘zal bo‘lgan
bo‘lsa, o‘shanga tegishli bo‘ladi. Ey Ummi Habiba! Go‘zal xulqni dunyo
va oxirat yaxshiligi bilan beza!» (Bazzor va Taba-roniy rivoyatlari).
Payg‘ambar alayhissalom
dedilar: «To‘g‘ri musulmon o‘zining go‘zal xulqi va saxovati bilan
kunduzlari ro‘zador, kechalari ibodatda bedor kishi darajasiga yetadi»
(Imom Ahmad rivoyati).
Abdurahmon ibn Sumra deydi: «Payg‘ambar alayhissalom
huzurlarida edik, dedilar: «Ertalab ajib tush ko‘rdim. Ummatimdan bir
kishi tiz cho‘kkan holida turardi. Olloh va uning o‘rtasini parda
to‘sgan edi. Bir payt uning go‘zal xulqi kelib, egasini Olloh taoloning
huzuriga kiritdi» (Xaroitiy rivoyati).
Rivoyat qilinadi, Umar ibn Xattob Payg‘ambar
alayhissalom huzurlariga kirishga izn so‘radi. O'sha payt Payg‘ambar
alayhissalom huzurlarida qurayshlik ayollar bor edi. Ular baland ovozda
Rasulloh bilan gaplashardilar. Umar roziyallohu anhuga kirishga izn
berilgach, ayollar shosha- pisha ro‘mollarining u yog‘, bu yog‘ini
tuzata boshlashdi. Umar kirgach, Rasululloh kuldilar. Shunda Umar:
- Ota-onam Sizga fido bo‘lsin,
ey Ollohning rasuli, nega kulyapsiz? - dedi.
- Anavi ayollarga
ajablanyapman. Sening ovozingni eshitib, shoshib qolishdi, dedilar
Rasuli akram.
- Axir ular mendan emas, Sizdan tortinishlari kerak. Siz bunga
haqliroqsiz, ey Ollohning rasuli, deya Umar ayollar tomonga yuzlandi va:
- Ey, o‘z
joniga o‘zi dushman xotinlar! Nima, mendan hayiqib, Ollohning rasulidan
hayiqmaysizlarmi? dedi.
- Ha, siz Rasululloh sollalohu alayhi vasallamga
qaraganda qo‘pol va qo‘rs odamsiz, deyishdi qurayshlik ayollar.
Shunda payg‘ambar
alayhissalom:
- Ey Xattobning o‘g‘li! Jonim izmida bo‘lgan Zotga qasamki, shayton
hech qachon senga ro‘parama-ro‘para kelolmaydi, Balki (sendan
hayiqqanidan) boshqa ko‘chadan yuradi» (Muttafaqun alayh).
Payg‘ambar alayhissalom
dedilar: «Yomon xulq kechirilmaydigan gunoh, yomon gumon esa hidi tez
tarqaluvchi xatodir» (Tabaroniy rivoyati).
Payg‘ambar alayhissalom
aytdilar: «Banda o‘zining yomon xulqi tufayli jahannamning eng tubiga
qulaydi» (Tabaroniy rivoyati).
Luqmoni Hakimning o‘g‘li otasidan so‘radi:
- Otajon, insondagi
xislatlarning qaysisi yaxshiroq?
- Dini, dedi Luqmoni Hakim o‘g‘liga.
- Demak, ikkitami: dini va
moli? Yo uchtami: dini, moli va hayosi? Yoki to‘rttami: dini, moli,
hayosi va go‘zal xulqi? Yoxud beshtami: dini, moli, hayosi, go‘zal xulqi
va saxovati? Yo oltitami...? deya yaxshi xislatlarni bir-bir sanayotgan
o‘g‘liga ota:
- Bolajonim, agar kishida bu beshta xislat jamlanilsa, demak u, haqiqiy
muttaqiy, Ollohning do‘sti, shaytondan xalos bo‘lgan insondir».
Hasan Basriy deydi: «Kimning
xulqi yomon bo‘lsa, o‘zini o‘zi qiynaydi».
Anas ibn Molik aytadi: «Shunday
banda bor, chiroyli xulqi bilan jannatning baland darajalariga yetadi,
garchi obid bo‘lmasa ham. Shunday banda bor, yomon xulqi sababli
do‘zaxning eng quyi qavatlaridan joy oladi, garchi obid bo‘lsa ham».
Yahyo ibn Muoz deydi:
«Axloqning kengligi rizqlar xazinasidir».
Vahb ibn Munabbih aytadi:
«Yomon xulq chil-chil singan ko‘zaga o‘xshaydi. Uni na yamab bo‘ladi, na
loy holatiga qaytarib».
Fuzayl ibn Iyoz deydi: «Menga xulqi yomon obidning
hamroh bo‘lganidan ko‘ra, xulq;: yaxshi fojirning hamroh bo‘lgani
suyukliroq».
Junayd Bag‘dodiy aytadi: «To‘rtta sifat bandani yuksaklarga ko‘taradi.
Garchi uning ilmi va amali kam, lekin tabiati halim, tavozu'li, qo‘li
ochiq-saxiy va xulqi chiroyli bo‘lsa, bu iymonning mukammalligidan
darak».
Umar
roziyallohu anhu dedi: «Go‘zal axloqingiz bilan odamlarga qo‘shiling,
solih amallaringiz bilan ulardan ajrab turing».
Yahyo ibn Muoz aytadi: «Yomon
xulq yonida qancha yaxshiliklar bo‘lsa ham foyda bermaydi. Yaxshi xulq
yonida qancha yomonliklar bo‘lsa ham zarar bermaydi».
Abdulloh ibn Abbos roziyallohu
anhudan: «Mukarramlik nima?» deya so‘raldi. «Olloh taoloning Kitobida bu
haqda shunday deyilgan, dedi Ibn Abbos va quyidagi oyatni o‘qidi:
«Albatta sizlarning Olloh nazdida eng hurmatlirog‘ingiz
taqvodorrog‘ingizdir» (Hujurot, 13).
- Hasab nima? deya so‘raldi,
- Orangizda kimning xulqi
go‘zal bo‘lsa, hasab (mavqe-martaba) jihatidan eng afzalingiz o‘shadir.
Har bir binoning asosi bo‘ladi. Islomning asosi - go‘zal xulq».
Ato deydi: «Baland darajaga
faqat go‘zal xulq bilan yetiladi. Hech bir kishi Payg‘ambarimiz Muhammad
Mustafoda bo‘lganidek go‘zal xulq kamoliga erishmagan. Solihlar go‘zal
xulq bilan Olloh taologa yaqin bo‘lishgan».